

Unga ko'ra, UEFAga a'zo 55 ta milliy assotsiatsiyadan 54 tasi - Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasidan tashqari - FIFAning amaldagi rahbariyatiga bo'lgan ishonchini yo'qotganini tasdiqlagan.
"So'nggi oylarda tub o'zgarishlarni talab qilib kelgan UEFA va barcha milliy assotsiatsiyalar FIFAni isloh qilish bo'yicha aniq yo'nalishni kelishib oldi.
Milliy assotsiatsiyalar yana bir bor FIFAning amaldagi rahbariyatiga ishonchini yo'qotganini tasdiqladi. Faqat institucional islohotning o'zi etarli emas. FIFAga yangi rahbariyat ham kerak", - deyiladi UEFA bayonotida.
Yevropa futbol tashkilotiga ko'ra, yangi rahbar futbol olamida obro'-e'tiborga ega, barchani birlashtira oladigan, futbol bilan chuqur bog'liq, zarur tajriba va qarashlarga ega hamda turli mintaqalarda ishonch uyg'ota oladigan shaxs bo'lishi lozim.
UEFA FIFAda vakolatlarni taqsimlash, FIFA Kengashining rolini kuchaytirish va qo'mitalar faoliyatini optimallashtirishni talab qilmoqda. Shuningdek, tashkilot prezidenti "boshqaruvchi emas, yetakchi bo'lishi" kerakligi takidlangan.
Bundan tashqari, UEFA futbol taqvimi bo'yicha bir tomonlama qarorlar qabul qilishdan voz kechish, FIFA resurslaridan shaxsiy yoki saylovoldi maqsadlarida foydalanishni taqiqlash va tashkilotning halolligi hamda mustaqilligini taminlash kabi talablarni ilgari surdi.
UEFA milliy assotsiatsiyalari va jahon futbolidagi boshqa tashkilotlar o'rtasida FIFA islohotlari va uning kelajakdagi rahbariyati masalasi bo'yicha muhokamalar davom etishini ma'lum qildi.



