

Qur'a natijalariga ko'ra, elita divizionining chorak final bosqichi juftliklari, shuningdek, A/B va B/C divizionlarida yuqorilash hamda o'z o'rnini saqlab qolish uchun kechadigan o'tish bahslaridagi raqiblar aniqlandi.
Chorak final va o'tish o'yinlarining dastlabki uchrashuvlari 2027 yil 25-27 mart kunlari o'tkaziladi. Javob bahslari esa 28-30 mart kunlariga rejalashtirilgan.
Chorak final g'oliblari 2027 yil 9-13 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasining final turnirida ishtirok etadi.
Millatlar Ligasi chorak final juftliklari:
Norvegiya - Angliya
Ispaniya - Fransiya
Niderlandiya - Portugaliya
Belgiya - Germaniya
Millatlar Ligasi yarim final juftliklari:
Niderlandiya / Portugaliya - Ispaniya / Fransiya
Belgiya / Germaniya - Norvegiya / Angliya
A ligasida ishtirok etish huquqi uchun o'tish o'yinlari:
Bosniya va Gertsegovina - Daniya
Vengriya - Serbiya
Irlandiya - Xorvatiya
Sloveniya - Uels
B ligasida ishtirok etish huquqi uchun o'tish o'yinlari:
Kipr - Shimoliy Makedoniya
Estoniya - Ruminiya
Farer orollari - Gruziya
Belarus - Isroil
Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasining amaldagi g'olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi. Ular turnirning o'tgan mavsumdagi finalida penaltilar seriyasida Ispaniyani mag'lub etgan edi.



