Xabi Alonso "Chelsi"da "Real" yulduzini ko'rishni istaydi

1 noya 2026, 12:25
Xabi Alonso "Chelsi"da "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni ko'rishni istaydi.

Mutaxassis futbolchini London klubiga qaytarish bo'yicha "kampaniyaga boshchilik qilmoqda”. Alonsoning fikricha, Ryudiger yosh jamoaga tajriba olib kirishi mumkin. Himoyachining "Real" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt Antonio Ryudigerning narxini 6 million evroga baholamoqda.

"Chelsi" hozirda APLda beshinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider