

"Bunga hech qanday shubha yo'q edi. Messi penaltini urolmaganida gohida oddiy insonga o'xshab ko'rinadi, ammo keyin shunday vaziyatlar keladiki, u umuman insonga o'xshamay qoladi! Bu - Messi.
Ushbu jahon chempionatida u ikkita o'yinda allaqachon beshta gol urdi, vaholanki hali Iordaniyaga qarshi o'ynagani ham yo'q, shu bois bu qayerda tugashini bilmayman. Uning hisobida ikkita bahsda beshta gol bor, menda esa - ikkita jahon chempionatida 0 ta gol.
Men u uchun xursandman va xuddi shu ruhda davom etishini tilayman. Bir necha kundan keyin uning tug'ilgan kuni, shunday ekan, u bundan zavqlansin, chunki barchamiz uning o'yinini tomosha qilib zavq olmoqdamiz. U hayratlanarli... shunchaki dahshatli... ojizman, so'z yo'q", - deya Zlatan Ibragimovichning so'zlarini keltiradi FOX.



