Trent Angliya terma jamoasi o'yinida jarohat oldi

Alisher
3 iyun 2021, 10:16
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold qovurg'asini jarohatlab oldi.

Futbolchi Avstriyaga qarshi o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi va jarohati sabab maydonni tark etdi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning so'zlariga ko'ra, yaqin sutkada o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr-Arnold dastlab Evro-2020 uchun tarkibda yo'q edi, ammo keyinchalik terma jamoadan chaqiruv olgandi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports