Transfer intrigasi: "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026, 18:33
"Manchester Yunayted" Skott Maktominey transferi uchun kurashda peshqadamga aylandi.

"Napoli" yarim himoyachisi APLga qaytish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda va Neapol klubi ehtimoliy takliflar tushishi mumkinligidan xabardor.

Goal.com ma'lumotiga ko'ra, futbolchining o'zi va uning vakili Kem Reding 2026 yilda Angliyaga qaytish ehtimolini o'rganyapti. Uning "Napoli" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, ammo "qizil iblislar" tomonidan qiziqish yaqin transfer oynasidayoq kuchayishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli shotlandiyalik 2024 yilning yozida 32 mln funt evaziga "Napoli"ga o'tgan va darhol jamoaning asosiy figurasiga aylangan.

U debyut mavsumida Neapol jamoasiga A Seriya chempionligini qo'lga kiritishda yordam berdi va mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Maktominey "Oltin to'p"ga nomzod qilib ko'rsatildi hamda Italiyaning eng yaxshi futbolchisi deb etirof etildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com