

"Uchrashuv ijobiy va konstruktiv tarzda o'tdi. FIFA ham, Eron futbol federatsiyasi a'zolari ham kelgusidagi hamkorlikka sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar. Say-harakatlar hal qilinmagan muammolarni hal qilishga va Eron terma jamoasining turnirda eng yaxshi sharoitlarda xavfsiz va muammosiz ishtirok etishini taminlashga qaratiladi", – deyiladi tashkilot matbuot xizmati bayonotida.
Eron terma jamoasi mundial "G" guruhida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi o'ynaydi. Jamoa guruh bosqichidagi o'yinlarini Los-Anjeles va Sietlda o'tkazadi.



