Eron terma jamoasi JCH-2026 uchun Meksikaga xotira nishonlari bilan yetib keldi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2026, 02:39
Eron terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatida ishtirok etish uchun Meksikaga yetib kelishdi.

Ularning kostyumlarida Minab shahridagi maktabga berilgan zarba oqibatida halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlangan #168 yozuvli nishonlar bor edi.

#168 soni 28 fevral kuni Minab shahridagi boshlang'ich maktabga berilgan zarba oqibatida halok bo'lganlar sonini bildiradi, ularning aksariyati bolalardir.
Harbiy tergov ma'lumotlariga ko'ra, ushbu hujum uchun javobgarlik AQSH zimmasida ekani aytilgan.
"The Athletic" xabariga ko'ra, Eron terma jamoasi Antalyadan Tixuanaga uchib ketayotgan paytda futbolchilarda nishonlar bo'lmagan, ammo ularni parvoz davomida va Ispaniyada samolyotga yoqilg'i quyish jarayonida payqashgan.
FIFA reglamentiga ko'ra, kiyim-kechakda siyosiy, diniy yoki shaxsiy shiorlar, bayonotlar yoki tasvirlarni joylashtirish taqiqlanadi, biroq stadiondan tashqaridagi siyosiy imo-ishoralar bo'yicha aniq qoidalar mavjud emas.
Eron terma jamoasi avvalroq ham shunga o'xshash tadbirlarni o'tkazgan: mart oyida Nigeriya bilan o'rtoqlik o'yini oldidan futbolchilar madhiya ijro etilayotganda qo'llarida maktab ryukzaklarini ushlab turishgan.
Kosta-Rikaga qarshi o'yindan oldin esa jamoa halok bo'lganlarning suratlarini, shuningdek, bombardimonlar natijasida zarar ko'rgan sport infratuzilmasi va madaniy meros obektlarini namoyish etgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic