Tramp AQSHdagi JCH-2026ni tarixdagi eng buyuk futbol voqeasi deb atadi

20 iyul 2026, 12:59
AQSH prezidenti Donald Tramp futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining tashkiliy ishlar va o'tkazilish darajasiga baho berdi

JCH-2026 musobaqasiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qildi. Turnir o'yinlarining umumiy tomoshabinlar tashrifi qariyb 7 million kishini tashkil etdi va bu musobaqa tarixidagi mutlaq rekord natija bo'ldi.

"Bungacha hech bir tadbirda, xoh u oddiy futbol bo'lsin, xoh amerikacha futbol - qanday atashdan qati nazar, bunaqasi kuzatilmagan. Menimcha, bu shunchaki aql bovar qilmas darajada o'tdi. Bu Xalqaro futbol federatsiyasining har qanday tadbiridan to'rt barobar yirikroq bo'ldi. Aslida esa, bugun menga ma'lum qilishlaricha - taxminan besh barobar kattaroqdir. Biz mamlakatimiz bilan faxrlanamiz. Barcha tomonidan amalga oshirilgan mehnatdan g'ururlanamiz.

Biz Janni Infantino va uning jamoasini ushbu ulkan ish bilan tabriklaymiz. Bu insoniyat tarixida o'tkazilgan eng buyuk voqealardan biridir. Hammasi muvaffaqiyatli o'tganidan xursandmiz. Butun dunyodan odamlar tashrif buyurishdi va ularga mamlakatimiz maqul keldi. Bu davlatimizni yangicha qiyofada ko'rsatdi. Bu ajoyib tadbir bo'ldi, sizlarga ham manzur kelganidan xursandman", - deya Trampning so'zlarini jurnalist Nik Sortor X ijtimoiy tarmog'ida keltiradi.

O'xshash yangiliklar