"Tottenxem" Ikardini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishi mumkin

18 sen 2026, 10:35
"Tottenxem" "Inter", PSJ va "Galatasaroy"ning sobiq hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda Calcio Mercato xabar bermoqda.

"Shporlar" 33 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Argentinalik futbolchi hozirda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.

Shuningdek, Ikardini o'z safiga qo'shib olishga "Lacio" ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" APLning dastlabki to'rt turida birorta ham gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calcio Mercato