Pochettino: Chelsini APL sovrnidan mahrum qilib, uni Tottenxemga berish kerak

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 13:16
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chelsini 2016/2017 yilgi mavsum APL chempionligidan mahrum qilib, unvonni Tottenxemga topshirish kerak deb hisoblaydi.

O'sha paytda argentinalik mutaxassis boshqargan shporlar Antonio Konte qo'l ostidagi ko'klardan 7 ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinni egallagandi (93 ochko).

2022 yilda klub Roman Abramovichdan sotitib olingandan so'ng, yangi egalari Todd Bouli va Clearlake Capital Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) qoidalarining 74 ta buzilishi, jumladan, 2011–2018 yillardagi transferlar vaqtida noromiaviy agentlarga jami 47 million funt sterling miqdoridagi yashirin to'lovlar haqida o'zlari xabar berishgandi. Chelsi bu ayblovlarni tan olgan.

"Biz Premer-ligada g'olib chiqishimiz kerak edi, bu titulni bizga berishlari lozim edi. Agar bu rost bo'lsa, biz o'sha yili chempionlikka to'la haqli edik. Ular jazolanishdimi, ayblarini tan olishdimi? Vassalom. Titul ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga nasib etishi kerak edi.

Kimdir ular gollar urib, o'yinlarda g'alaba qozonganini aytishi mumkin. Xo'p mayli. Lekin mavsum boshida teng bo'lmagan sharoitda bo'lganimizni aytish ham mutlaqo adolatli bo'ladi. Ehtimol, xuddi shu qoidalarga amal qilinganida, biz jamoani kuchaytiradigan yoki ko'proq gol urishga yordam beradigan o'yinchilarni sotib olgan bo'lardik.

Men zarracha ham shubha qilmayman va haqiqatni gapirishdan qo'rqmayman. Chelsi muxlislari mendan ranjishi mumkin. Ammo Tottenxemda qoidalarni buzganimizda edi, men ham xuddi shunday degan bo'lardim: Biz titulga loyiq emasmiz, chunki qoidalarni buzdik.

Agar bir klublar qoidalarga amal qilib, boshqalar buzsa, o'ynab bo'lmaydi. Qoidalar hamma uchun bir xil bo'lishi kerak. Shundagina sizda eng yaxshi jamoani shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi.

Men Chelsi yomon o'ynagan yoki Konte ajoyib bo'lmaganini aytmayapman. Men buni davo qilmayapman. So'zlarim burib yuborilishini istamayman. Lekin agar qoidalarni buzgan bo'lsangiz - tamom, xayr: titulni boshqa jamoaga berish kerak. Nima uchun bu sodir bo'lmaganini bilmayman. Bu chiqib chiqib shuni ko'rsatadiki, qoidalarni buzish rag'batlantiriladi va qo'llab-quvvatlanadi", - dedi Pochettino Metro nashriga bergan intervyusida.

Maurisio 2014 yilning may oyidan 2019 yilning noyabriga qadar Tottenxemni boshqargan, keyinchalik esa 2023/2024 yilgi mavsumda Chelsida ham ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro