APL. MYUni liga Kubogidan chiqarib yuborgan "Brayton" "Arsenal"ni yirik hisobda taslim qildi

Administrator
19 sen 2026, 21:02
Angliya Premer-ligasining 5-turidan o'rin olgan "Brayton" va Londonning "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Jamoalar "Amerikan Ekspress" stadionida maydonga tushishdi.

Uchrashuvda Darren Ingland bosh hakam sifatida ishladi. Maydon egalari 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.

31-daqiqada "Brayton" yarim himoyachisi Paskal Gros hujumchi Xaralampos Kostulasning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. 45-daqiqada Kostulasning o'zi gol urishga erishdi. 57-daqiqada ispaniyalik Chema Andres jamoasining ustunligini yirik ko'rinishga keltirdi.

“Brayton” - “Arsenal” 3:0
Gollar:
Gros 31, Kostulas 45, Andres 57.

"Arsenal" mavsumda ilk bor APLda ochko yo'qotdi va turnir jadvalida ikkinchi o'ringa tushdi. "Kanonirlar" va "Manchester Siti" hisobida beshta uchrashuvdan so'ng 12 tadan ochko bor. "Brayton" mavsumdagi ochkolar sonini 10 taga etkazib, uchinchi pog'onaga ko'tarildi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia