Toni Kroos "Barselona"ga CHLda g'alaba qozonish nega qiyin bo'lishini tushuntirdi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 11:57
"Real" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos joriy mavsumda nima uchun kataloniyaliklarga CHLda g'olib chiqish oson kechmasligiga to'xtalib o'tdi.

Uning takidlashicha, "ko'k-anorranglilar" haddan tashqari hujumkor o'yinga tayanib, bazida himoyani esdan chiqarib qo'yishmoqda.

"Bunday o'yin uslubi bilan "Barselona"ga CHLda g'alaba qozonish juda qiyin bo'ladi. Ularning yondashuvi doimo raqiblardan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratishga asoslangan. Ammo CHLda buni amalga oshirish ancha murakkabroq... Siz bitta o'yinda bir nechta gol urishga qodir jamoalarga duch kelasiz. Shuningdek, o'ta kuchli himoyalanadigan va sizga o'zingiz istagandek o'ynashga shunchaki yo'l qo'ymaydigan klublarga qarshi maydonga tushasiz. Bunday paytda esa siz himoyalanishni ham bilishingiz kerak. "Barselona" ikki yoki uchta gol urib, g'alaba qozonishga o'ta qattiq ishonib yubormoqda... CHL uchun bu xavfli yondashuvdir", - deya Kroosning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Touchline