Kroos "Real"ning 2 mavsum sovrinsiz qolishi qabul qilib bo'lmaydigan holatligini aytdi

Sherzod Nurmatov
14 may 2026, 13:40
"Real" sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos "qaymoqranglilar"ning ketma-ket ikkinchi mavsum sovrinsiz qolganidan achchiqlandi.

10 may kuni madridliklar La Liga 35-turida "Barselona"ga 0:2 hisobida yutqazib, "ko'k-anorranglilar"ga muddatidan oldin chempionlikni topshirib qo'ydi.

"2 mavsumni g'alabasiz o'tkazish - "Real" uchun qabul qilib bo'lmaydigan holat, nuqta. Maydondagi natija ichki dinamikaning sustligi natijasi edi. Ular "Klasiko"da g'alaba qozonishga harakat qilgandir, biroq bu etarli emasdi. Mag'lubiyat oldindan aytib bo'lingandi. Ikkinchi bo'lim tengroq o'tdi, ammo ular gol ura olmadi. Umuman olganda, "Barsa"ni tabriklayman", – dedi Kroos o'zining YouTube kanalida.

"Real" 2024 yilning dekabridan beri sovrin qo'lga kiritolmayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Luppen TV