O'zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi: "Rossiya optimal tarkibda maydonga tusha olmaydi. Bu o'yinda O'zbekiston favorit"

Iskandarov Abdulaziz
11 noya 2026, 09:30
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashhiy O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasida kechadigan bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi borasida o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchidan, O'zbekiston milliy terma jamoasi - yozda o'tgan Jahon chempionati ishtirokchisi. Ikkinchidan, ko'plab o'zbek futbolchilari Yevropa ligalarida, jumladan RPLda to'p tepishmoqda. Menga ma'lum bo'lishicha, bo'lajak o'yinda Rossiya terma jamoasi optimal tarkibda maydonga tusha olmaydi. Shu sababli, menimcha, bu bahsda aynan o'zbeklar favorit hisoblanadi. Mening nazarimda, rossiyalik futbolchilar payshanba kuni munosib ko'rinish uchun bor kuchlarini ishga solishlariga to'g'ri keladi”, - dedi Nepomnyashhiy.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi payshanba, 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: РБ Спорт