

"Manchester Siti" yarimhimoyachi Enco Fernandes Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikdagi ayblov sabab klubni tark etadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida FullTime Report xabar bermoqda. Qayd etilishicha, avvalroq argentinalik futbolchi "shaharliklar" duch kelgan muammolarga qaramay, "Man Siti"da qolishga vada bergandi. Lekin klubning fikricha, Enco bu kabi muammolar fonida klubdan ketishni rejalashtirmoqda.
Fernandes o'tgan yozda "Chelsi"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Bitim summasi 145 mln evroni tashkil etdi. Argentinalik futbolchi 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Nufuzli Transfermarkt internet portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 100 mln evroni tashkil etadi.



