

Italiyalik mutaxassis Mikel Arteta va Luis Enrikeda shunchaki ijrochilarni emas, balki o'zlarining "Arsenal" va PSJ klublari manfaatlariga sodiq, shu bilan birga o'z qarashlariga sodiq qolgan insonlarni ko'rayotganini ta'kidladi.
- Rivojlanishning muayyan vektori bor, qarashlar bor. Arteta yo'nalishni belgilab bermoqda - xuddi Klopp va Gvardiola qilganidek. Mening nazarimda, murabbiy markaziy figura bo'lishi, asosiy rolni o'ynashi kerak. Agar natija qoniqarli bo'lmasa - uni bo'shatishadi. Ammo aynan murabbiy yo'nalishni belgilaydi va o'yinga bo'lgan qarashni shakllantiradi. Uning o'z futbol falsafasi bo'ladi. Ikki xil qarash mavjud bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi: biri - klubda, boshqasi - murabbiyda. Agar bu qarashlar bir-biriga mos kelsa va to'g'ri balans topilsa, jamoa o'sishga erishadi.
"Komo"ga qarang: Sesk [Fabregas] u yerda qaror qabul qilishda muhim rol o'ynaydi. "PSJ"da tarkibda Mbappe, Messi va Neymar bo'lganda ham Chempionlar ligasini yuta olishmagandi. Vaholanki, gap dunyoning eng yaxshi futbolchilari haqida bormoqda. Ammo tushunasizmi, balans va "kimyo" zarur. Shunchaki jamoaga yulduzlarni yig'ib, g'alaba kutish mumkin emas. Bu tizim bunday ishlamaydi.
Luis Enrike ajoyib natijalarga erishdi, ammo bunda klubning harakatlari ham katta rol o'ynadi: ular murabbiyni avvalgi yillardagidan farqli o'laroq to'liq qo'llab-quvvatlashdi. Nasser Al-Xelayfi hamisha o'sha yerda edi, Luish Kampush ham ilgari o'sha yerda ishlagan. Luis Enrike keldi va: "Men shunday qilmoqchiman", dedi, klub esa bu qarashni qabul qildi. Ehtimol, bu qarash ularda avval ham bo'lgandir, lekin uni hayotga tatbiq etish uchun qatiyat etmagan. Mening fikrimcha, Luis Enrike favqulodda ishni amalga oshirdi. U "PSJ"ni o'z yo'lidan borishga majbur qila oldi - vaholanki, klub ilgari hech qachon bunday qilmagan edi, - dedi "Yuventus", "Chelsi", "Inter", "Tottenxem" va boshqa klublarning sobiq murabbiyi.



