

Londonning "Arsenal" klubi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi. "Kanonirlar" va ispaniyalik mutaxassis o'rtasidagi yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan. Shuningdek, Artetaning murabbiylar shtabi a'zolari bilan ham shartnomalar uzaytirildi.
44 yoshli mutaxassis "Arsenal"ni 2019 yilda boshqarishni boshlagan edi. Mikel uchun bu kattalar futbolidagi bosh murabbiy sifatidagi ilk tajriba bo'ldi. Ilgari u "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlagan.
Arteta qo'l ostida "kanonirlar" 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylanishdi. Shuningdek, "Arsenal" ispaniyalik murabbiy boshchiligida Angliya Kubogini qo'lga kiritdi va uch marta mamlakat Superkubogida zafar quchdi.



