

Dastlab TFG strategik investorlarni izlayotgan va minoritar ulushni sotishga tayyor edi. Endi esa guruh nazorat paketini sotish ehtimolini ham inkor etmayapti, biroq kelishuv faqat potencial xaridor klubning kelgusi rivoji uchun munosib deb topilgan taqdirdagina amalga oshadi.
Keyinchalik "Everton" klub egalari jamoa kelajagi uchun turli variantlarni, jumladan, nazorat ulushini sotishni ham ko'rib chiqayotganini tasdiqladi.
"TFG "Everton" egasiga aylangan paytda klub sezilarli moliyaviy noaniqlik hamda maydonda va undan tashqarida ko'plab muammolarga duch kelgandi. Endi, mustahkam poydevor qo'yilgach, "Everton" tarixidagi yangi sahifani ko'rib chiqish fursati keldi. Biz takliflarni faqat klubni to'g'ri boshqara olishiga va erishilgan yutuqlarni rivojlantira olishiga qatiy ishongan tomonlardangina qabul qilamiz", – deyiladi bayonotda.
TFG 2024 yilning dekabr oyida Farhod Moshiridan akciyalarning 94 foizini xarid qilib, "Everton"ga egalik qila boshlagan edi. Ushbu bitimdan so'ng yangi xo'jayinlar klub qarzlarining salmoqli qismini qayta moliyalashtirdi va yangi minoritar investorlarni jalb qildi.
“The Friedkin Group” "Everton"dan tashqari Italiyaning "Roma" hamda Fransiyaning "Kann" klublariga ham egalik qiladi.
5 turdan so'ng "Everton" 9 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.



