Terri Anri APLdagi chempionlik poygasi haqida: "Barchasi "Arsenal"ning qo'lida"

Aslanov Jasurbek
5 may 2026, 11:37
"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Terri Anri londonliklarning APL chempionlik poygasidagi ustunligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mikel Arteta shogirdlari hisobida 35 ta o'yindan so'ng 76 ochko bor. “Manchester Siti” esa "Everton" bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi - ularning hisobida 34 ta o'yindan keyin 71 ochko mavjud.

"Endi barchasi yana "Arsenal"ning qo'lida. Endi “Manchester Siti”ning qo'lida emas. Men “Siti” "Everton" bilan o'yinda ochko yo'qotishini tasavvur qila olgandim. Meni "Arsenal"ning "Vest Xem"ga qarshi o'yini xavotirga solmoqda.

G'alabani vaqtidan oldin nishonlamayman, chunki sovrin hali qo'lga kiritilmadi. “Siti” o'yinida qandaydir asabiylikni ko'rdim. Ular bir nechta xatolarga yo'l qo'yib, "Everton"ni o'yinga qaytarishdi.

"Arsenal" “Siti” ikki ochko yo'qotganini ko'rib turibdi, lekin "balki..." deb o'ylash kerak emas. Bu yerda hech qanday "balki" bo'lishi mumkin emas. O'z o'yinlaringizda g'alaba qozoning. “Manchester Siti”ga qaramang. Barchasi o'z qo'lingizda", – dedi Terri Anri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports