

Final o'yini 30 may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadi.
"Finalga chiqqanimizdan juda xursandman. Ularga qarshi nima qilishimizni ko'ramiz, chunki bu juda kuchli jamoa. Men PSJni mag'lub etishimizga umid qilaman, lekin bu juda qiyin bo'ladi.
Men tabassum bilan uyg'ondim, chunki so'nggi marta finalga 20 yil avval chiqqan edik. Biz APLda g'alaba qozonish uchun kurashyapmiz, 22 yildan beri uni yuta olmayapmiz.
Odatda men ortiqcha asabiylashmayman, lekin bu final oldidan hayajonlanishimga ishonaman, chunki ular men o'zim qila olmagan ishni qilishlari mumkin. Siz o'z jamoangiz g'alaba qozonishini xohlaysiz, buni his qilishni istaysiz. Umid qilamanki, shunday bo'ladi. Lekin PSJ qanday o'ynayotganini ko'ring - ular sizni turli yo'llar bilan "o'ldirishi" mumkin.
Ularda hamma narsa bor, lekin "Arsenal" bardamlik ko'rsatadi va vaziyat yaratganimizda gol uramiz. Bu qiyin bo'ladi, lekin ko'ramiz", - dedi Anri Metro nashriga.



