

Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Oldinroq Zinedin Zidan milliy terma jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning shtabiga shuningdek, David Bettoni, Hamidu Msaidi, Gregori Dyupon, Stefan Plank, Farid Tabet va Kleman Iber kirdi.
55 yoshli Bartez - jahon va Yevropa chempioni, “Marsel” tarkibida Chempionlar Ligasi g'olibi, “Manchester Yunayted” safida ikki karra Angliya chempioni, “Monako” bilan ikki karra Fransiya chempioni hisoblanadi. U 2007 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va shundan beri murabbiylik amaliyotiga ega emas edi.



