

Manbaning xabar berishicha, tashkilot ushbu masala bo'yicha qarorni 14 avgustga qadar qabul qilishi kerak.
Ushbu tashabbus Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) tomonidan ilgari surilmoqda. Tashkilot JCH-2030 musobaqasi ishtirokchilari sonini oshirishni taklif qilmoqda.
Turnirning asosiy mezbonlari Ispaniya, Portugaliya va Marokash bo'ladi, Urugvay, Argentina va Paragvay esa bittadan ochilish o'yinini qabul qiladi.
Shu bilan birga, FIFA turnirning ehtimoliy kengaytirilishi bo'yicha yakuniy qarorni Infantinoning shaxsan o'zi emas, balki tashkilot kengashi qabul qilishini takidlamoqda.
Oldinroq KONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges JCH-2030 musobaqasi 64 ta jamoagacha kengaytirilishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.



