

Manbaning takidlashicha, yangi mavsumda turnir odatdagi yanvar sanalari o'rniga 2–7 fevral kunlari Istanbulda bo'lib o'tadi. Ananaga ko'ra, sovrin uchun to'rtta jamoa - “Barselona”, “Real”, “Atletiko” va “Real Sosedad” kurash olib boradi.
“Barselona” o'tgan mavsum Ispaniya Superkubogi sohibiga aylangandi. Xans-Diter Flik jamoasi turnir yarim finalida “Atletik”ni tor-mor etgan (5:0), so'ng “Real”ni mag'lub qilgan edi (3:2). Takidlash joizki, kataloniyaliklar Superkubokning oxirgi ikkita musobaqasida zafar kuchishgan.



