"Real" futbolchilari JCH-2026da rekord o'rnatishdi

12 iyul 2026, 10:10
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning 2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Norvegiya darvozasiga (2:1) kiritgan to'pi Madridning "Real" klubi futbolchilari tomonidan ushbu turnirda urilgan 19-gol bo'ldi.

Jamoalar "Xard Rok" (Mayami, Florida, AQSH) stadionida to'p surishdi. Uchrashuvda fransiyalik Kleman Tyurpen bosh hakamlik qildi.

Bellingem uchun bu gol turnirdagi oltinchisi bo'ldi. Jahon chempionatlari tarixida hali biror marta bir klub vakillari bitta turnirda bunchalik ko'p gol urishmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com