

Fojia 4 avgust kuni Naratxivat viloyatining Sungaykolok shahrida sodir bo'ldi. O'yin vaqtida kuchli yomg'ir va shamol bilan momaqaldiroq boshlangan, shundan so'ng chaqmoq futbol maydoni hududiga urgan.
Turnirda "Abu x Nong Sirin" jamoasi safida to'p surgan Avae og'ir tan jarohatlarini oldi. Shifokorlar futbolchini qutqarishga harakat qilishdi, biroq keyinchalik u vafot etdi.
Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, chaqmoq urishi oqibatida yana bir necha kishi jabrlangan. Turli manbalar 8–10 nafar jabrlanuvchi haqida xabar bermoqda. Sakkiz nafar futbolchi shifoxonaga yotqizilgan, Malayziyadan kelgan bir futbolchi davolanishni o'z vatanida davom ettirishga qaror qilgan, yana ikki kishi tekshiruvdan o'tmoqda.
Avae avvalroq "Pattani" jamoasida o'ynagan va fojiadan sal oldin "Yala" klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Jamoa futbolchining oila a'zolariga hamdardlik bildirdi, muxlislar va taylandlik futbol vakillari ijtimoiy tarmoqlarda uning xotirasini yodga olishdi.
Golok FA Cup - Tailandning janubiy viloyatlari jamoalari, shuningdek, qo'shni Malayziya klublari ishtirok etadigan mintaqaviy turnir hisoblanadi.



