Messi JCHdan keyin xususiy samolyotda Argentinaga qaytdi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 15:31
Messi JCHdan keyin Argentinaga qaytdi.

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi seshanba kuni jahon chempionati finalida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) keyin bir necha kun dam olish uchun Rosarioga qaytdi. Messining xususiy samolyoti AQSHning Florida shtatidan uchib kelib, uning tug'ilgan shahri yaqiniga qo'ndi. Aeroport oldida uni plakatlar va bayroqlar bilan kutib turgan muxlislar bo'lishiga qaramay, Lionel omma oldiga chiqmadi. To'g'ri samolyot oldida Messi oilasi bilan yo'ltanlamasga o'tirib, Buenos-Ayresdan taxminan 300 kilometr shimolda joylashgan yopiq Funes turar-joy dahasiga qarab ketdi. Futbolchi Rosarioga shuningdek oilasi avvalroq xabar qilgan kasalligi bor otasi bilan ko'rishish uchun uchib keldi. Iyul oyining oxiri yoki avgust oyining boshida Messi MLSning joriy mavsumidagi o'yinlarni davom ettirish uchun "Inter Mayami"ga qaytishi kutilmoqda. Avvalroq Buenos-Ayres aeroportida Argentina terma jamoasini uchish-qo'nish yo'lagida orkestr bilan kutib olishgani xabar qilingandi. Shundan so'ng jamoa policiya hamrohligida Argentina poytaxti bo'ylab ochiq tomli avtobusda yurdi – terma jamoani qutlash uchun bir necha ming muxlis chiqdi. Messi va yana 9 nafar o'yinchi terma jamoa bilan birga qaytmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN