Suriya ustozi: "O'zbekistongacha bo'lgan safarimiz 20 soatdan ortiq vaqt oldi va bor-yo'g'i bitta mashg'ulot o'tkazdik"

2 okt 2026, 08:15
Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Lana O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan so'ng o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“O'yin biz uchun qiyin va omadsiz kechdi. O'zbekiston mundialda qatnashgan jamoa va raqib bugun qanday o'yin namoyish etishini bilardik", - deya gap boshladi Xose Lana.

- Avvalambor, O'zbekistonga xush kelibsiz. Suriya terma jamoasining avvalgi o'yinlari juda keskin o'tgan va O'zbekistonga qarshi har doim qiziqarli bahslar bo'lgan. Ammo bugungi o'yinda jamoangiz, ayniqsa birinchi bo'limda juda zaif ko'rindi. Bu nima bilan bog'liq? Tarkibda yangilanishlar, o'yinchilar almashinuvi yuz berdimi yoki jismoniy va ruhiy tayyorgarlikda muammolar bo'ldimi? Bunday yirik hisobning asosiy sababi nimada? Bugungi o'yinda nimadan ko'nglingiz to'ldi va nimadan yo'q? Va keyingi o'yinda nimalarni yaxshilashni xohlardingiz?

- Bunday natijaga ko'p sabablar ta’sir qildi. Birinchidan, biz yakshanba kuni yo'lga chiqdik. O'zbekistongacha bo'lgan safarimiz 20 soatdan ortiq vaqt oldi, mehmonxonaga faqat dushanba kuni ertalab yetib keldik. Chorshanba kuni atigi bir yarim soatlik bitta to'laqonli mashg'ulot o'tkaza oldik, shuning uchun o'yinga lozim darajada tayyorgarlik ko'rishga imkonimiz bo'lmadi. Bundan tashqari, o'yinchilarimizning yarmidan ko'pi hozirda rasmiy musobaqalarda ishtirok etmayapti, yani ularda o'yin amaliyoti yo'q. Ushbu barcha omillar birgalikda bizning vazifamizni juda qiyinlashtirdi.

- FIFA kunlarida O'zbekiston terma jamoasi aslida Argentina bilan o'ynashi kerak edi, biroq tashkiliy muammolar sababli bu o'yin bekor qilindi va uning o'rniga Suriya bilan kelishuvga erishildi. Siz hozir jamoa yo'lda 20 soat vaqt sarflaganini va bu muammo ekanligini bir necha bor ta'kidladingiz. Agar bu o'yin shunchalik muammoli bo'lsa va siz 20 soat parvoz qilgan bo'lsangiz, unga rozi bo'lishdan nima mano bor edi? Yoki shunchaki o'rtoqlik o'yini o'tkazib, tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirganmidingiz? Nima uchun bunchalik qiyin bo'lishiga qaramay bu o'yinga rozi bo'ldingiz?

- Men bilmayman, bizda boshqa variantlar yo'q edi. Menga faqat shu yagona variant ekanligini aytishdi va biz uni qabul qildik.

- Biz hamma qatori Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yaqinda Suriya Iordaniya terma jamoasi bilan o'ynadi va u yerda ham o'z kuchini sinab ko'rdi. Sizningcha, qaysi jamoa kuchliroq - O'zbekistonmi yoki Iordaniya?

- Bu ikkita yaxshi jamoa, ikkalasida ham Jahon chempionati tajribasi bor, ularning salohiyati yuqori. Kelajakda biz ham shunday darajaga chiqa olamiz deb umid qilamiz, shuning uchun bunday darajadagi jamoalar bilan o'ynash biz uchun foydali. Toki asta-sekin o'sib, kun kelib ular kabi kuchli bo'lishimiz uchun biz o'zimizning kim ekanligimizni aniq tushunishimiz kerak.

1000156378.jpeg



- So'nggi Osiyo kubogida O'zbekiston guruh bosqichida Suriya bilan o'ynaganida, ancha qiyin o'yin bo'lgandi. Bugun esa jamoangiz unchalik yaxshi o'ynamadi. Savolim Ayham Osu haqida - O'zbekistonga qarshi so'nggi o'yinda u maydondagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo'lgandi, O'zbekiston umuman gol ura olmagandi. Ammo bugun himoya markazida o'ynab, u jamoa bilan birgalikda to'rtta gol o'tkazib yubordi. Tarkibda shunday yaxshi o'yinchilar bo'lishiga qaramay, bugungi himoya o'yinidan norozimisiz?

- Ikki yil oldin Osiyo kubogida o'ynagan 22 o'yinchidan nechtasi bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi? Menimcha, faqat bittasi - darvozabon Ahmad Madaniya. Qolgan o'yinchilar - bu butunlay boshqa tarkib. Shuning uchun biz bu ikki jamoani solishtira olmaymiz, chunki o'yinchilarning aksariyati hozir boshqa. Bu ikkita mutlaqo boshqa-boshqa jamoalar. Va men o'z o'yinchilarim bilan faxrlanaman, chunki ular juda katta kuch sarflashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia