

To'rt nafar hakamning uch nafari FIFA Jahon chempionati-2026’da ishlagan.
“Biz O'zbekistondan hakamlar yuborishni so'radik, chunki ular Jahon chempionatida ishlashgan. Ular Braziliya va Urugvay maqomidagi jamoalar uchrashuvlarini boshqarish uchun etarli tajribaga ega”, – dedi federatsiya rasmiylaridan biri.
Yuqori saviyadagi katta tajribasini inobatga olgan holda, Braziliyaga qarshi o'yinni bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev boshqarishi kutilmoqda, Rustam Lutfullin esa to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi. Uch kun o'tib bo'lib o'tadigan Urugvayga qarshi bahsda esa ularning vazifalari almashadi.
Jahon chempionatida ishlagan Andrey Sapenko va Timur Gaynullin qanot hakamlari sifatida faoliyat olib boradi.
Uchrashuv komissari sifatida hindistonlik Arunava Bxattacharya tayinlangan. Tajribali mutaxassis 2019 yildan buyon OFK, 2023 yildan esa FIFA komissari sifatida 50 dan ortiq xalqaro uchrashuvlarda mehnat qilgan.
Eslatib o'tamiz, Hindistonning Braziliya bilan o'yini ertaga, 3 oktyabr kuni 19:00 da boshlanadi. Urugvay bilan bahs esa 6 oktyabrga rejalashtirilgan.



