

✅ "Andijon" – "Paxtakor"
Hakamning o'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. "Andijon" himoyachisi hech qanday harakatni amalga oshirgani yo'q, "Paxtakor" o'yinchisining o'zi unga urilib, yiqildi. Futbolchilar o'rtasida kontakt bo'lgani sababli, bu yerda simulyaciya mavjud emas.
✅ "Andijon" – "Paxtakor"
“Paxtakor”ning goli urilgan vaziyatdagi yakkakurashga kelsak, nazarimizda, hammasi toza edi. Himoyachi pastlab kelayotgan to'pni boshi bilan o'ynashga uringan, biroq raqibi undan chaqqonroq harakat qildi. Ammo hujumning boshida, jarima maydoni oldidagi hujumchiga to'p uzatilgan paytda, VAR o'yindan tashqari holatni qayd etgan. Mavjud rakurslarga tayanib, bizda VARning xatosi borasida dalil yo'q. Shu sababli yakuniy qaror to'g'ri.
✅ "Andijon" – "Paxtakor"
Maydondagi bosh hakam tomonidan asosli qaror qabul qilingan. "Paxtakor" klubi futbolchisi darvozabon bilan yaqqol yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan va to'pni egallash uchun qulay poziciyada bo'lgan. Ushbu vaziyatda raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilganligi sababli, "Andijon" jamoasi himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatilishi qonuniy qaror hisoblanadi.
✅ "Andijon" – "Paxtakor"
Hakamning qarori mutaxassislar tomonidan maqullandi. "Andijon" o'yinchisi raqibining yuz qismiga bosh bilan zarba bergan, bunga javoban raqib futbolchisi uning bosh qismiga qo'l bilan zarba bergan. Mazkur holatda har ikki tomonning harakatlari tajovuzkor xulq-atvor sifatida baholanishi va futbolchilarga nisbatan teng jazo qo'llanilishi lozim. Bosh hakam har ikki futbolchini chetlatib, qoidalarga muvofiq qaror qabul qilgan.
✅❌ "Buxoro" – "Lokomotiv"
Bosh hakam tomonidan vaziyat tezkor va to'g'ri baholangan. "Buxoro" jamoasi futbolchisi "Lokomotiv" darvozaboniga nisbatan qoidabuzarlik sodir etmagan. Biroq, to'p o'yinda bo'lgan bir vaqtda, darvozabon tomonidan raqib o'yinchisiga nisbatan qo'l bilan agressiv tarzda zarba berilgan. Ushbu holatda penalti belgilanishi va darvozabonga tajovuzkor xulq-atvori uchun qizil kartochka ko'rsatilishi to'g'ri qaror bo'lar edi. P.S. Amalda "Lokomotiv" darvozaboni qizil kartochka bilan jazolangan, biroq 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmagan.
❌ "Buxoro" – "Lokomotiv"
Videotranslyatsiyaning yirik planida "Lokomotiv" jamoasi darvozabonining bo'ynida taqinchoq (xoch) mavjudligi aniqlangan. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, hakamlar brigadasi uchrashuv oldidan futbolchilarning sport kiyimlari va anjomlarini (ekipirovkasini) qatiy nazoratdan o'tkazishi talab etiladi. Agar ushbu holat o'yin vaqtida aniqlansa, hakam birinchi to'xtalish vaqtida futbolchiga sariq kartochka ko'rsatmagan holda, taqiqlangan buyumni echib tashlashni talab qilishi lozim. Agar talab bajarilmasa, futbolchiga g'ayrisport xulq-atvori uchun sariq kartochka ko'rsatilishi shart. Ushbu qoida barcha turdagi taqinchoqlarga (zanjir, bilaguzuk, uzuk va boshqalar) nisbatan birdek qo'llaniladi.
✅ "Navbahor" – "Xorazm"
Mazkur vaziyatda VAR tizimi tomonidan o'yindan tashqari holatda (ofsaydda) turgan "Navbahor" futbolchisiga to'pning qaysi yo'nalishdan va kimdan kelib tushganligi tahlil qilingan. To'p himoyalanayotgan jamoa futbolchisi tomonidan yo'naltirilganligi sababli, kiritilgan gol qonuniy deb topilgan va to'g'ri hisobga olingan.
❌ "Navbahor" – "Xorazm"
Mutaxassislar xulosasiga ko'ra, mazkur vaziyatda bosh hakam va VAR tizimi tomonidan xatolikka yo'l qo'yilgan. To'p yaqin masofadan yo'naltirilgan bo'lsa-da, "Xorazm" jamoasi himoyachisining notabiiy holatda kengaytirilgan qo'liga tekkan. Bu vaziyatda qo'l bilan o'ynaganlik holati qayd etilib, penalti belgilanishi maqsadga muvofiq edi.
✅ "Mashal" – "So'g'diyona"
Bosh hakam tomonidan asosli qaror qabul qilinib, "Mashal" jamoasi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilangan. Himoyachi to'pni egallashga ulgurmagan va hujumchining orqa qismiga qasddan turtgan. Penalti belgilash to'g'ri qaror hisoblanadi.
✅ "Mashal" – "So'g'diyona"
VAR tizimi vaziyatga to'g'ri aralashib, bosh hakamni monitor orqali takroriy ko'rishni amalga oshirishga chaqirgan. "Mashal" jamoasi futbolchisi tomonidan to'pni qo'l bilan o'ynash holati yaqqol sodir etilgan bo'lib, shundan so'ng jamoa tomonidan gol kiritilgan. To'g'ri qaror – qo'l bilan o'ynaganlik uchun jarima zarbasi belgilash va kiritilgan golni bekor qilish.
❌ OKMK – "Nasaf"
Ekspertlar fikriga ko'ra, mazkur vaziyatda ommaviy tartibsizlik (konfrontaciya) keltirib chiqarilganligi sababli, bosh hakam tomonidan har ikki futbolchiga g'ayrisport xulq-atvori uchun sariq kartochka ko'rsatilishi talab etilar edi.
✅ "Dinamo" – "Neftchi"
Ushbu vaziyatda mutaxassislar bosh hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaydi, ammo VAR tizimi xulosasiga qo'shilmaydi. Sariq libosdagi futbolchi tomonidan qo'l siltash harakati amalga oshirilgan bo'lsa-da, mazkur harakatda yuqori amplituda va haddan tashqari kuch ishlatish alomatlari mavjud emas. To'g'ri qaror – qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish.



