O'zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi uchun chiptalar narxi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2026, 00:08
17 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga chiptalar sotuvi boshlandi.

Qatarning Al Raya nashri xabar berishicha, tashkiliy qo'mita chiptalar narxini quyidagicha belgilagan:

- Birinchi toifa – 30 Qatar riali (taxminan 98 ming so'm yoki 8,2 dollar);
- Ikkinchi toifa – 15 Qatar riali (49 ming so'm yoki 4,1 dollar);
- Nogironligi bo'lgan muxlislar uchun – 10 Qatar riali (33 ming so'm yoki 2,7 dollar).

Chiptalarni faqat roadtoqatar.qa sayti orqali xarid qilish mumkin. Ular elektron shaklda taqdim etiladi. Bir kishi ko'pi bilan oltita chipta sotib olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi 17 noyabr kuni "Jassim bin Hamad" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia