"Superligada ham Baxtiyor Ashurmatov sabab debyut qilganman" - Rahimjon Davronov yangi jamoasi "Turon" haqida nimalar dedi?

Iskandarov Abdulaziz
23 dek 2022, 23:44
"Turon" jamoasi bugun o'z tarkibiga "Navbahor" bilan shartnomasi yakunlangan Rahimjon Davronovni qo'shib olganini e'lon qildi.

Mazkur xabar chop etilishi zahoti futbolchining dastlabki fikrlari bilan qiziqdik. 

Rasman: Rahimjon Davronov - "Turon" futbolchisi!

- "Turon" bosh murabbiyi Baxtiyor aka Ashurmatov taklif bilan chiqdilar. Ochig'i boshqa variantlarim ham bor edi. Lekin ushbu murabbiyni avvaldan bilganim uchun hech ikkilanmasdan rozi bo'ldim. Bilasiz, Superligadagi debyutimni ham aynan Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida amalga oshirganman. "Buxoro"ni boshqargan kezlarida "Mashal"dan taklif qilganlar. Yaxshi xotiralar qolgan. 

- Yangi jamoamga kelsak, ularni har doim kuzatib kelganman. Chunki ko'p do'stlarim shu yerda to'p tepishadi. Ayrimlari bilan ilgari bir jamoada o'ynaganmiz. Dastlabki taassurotlar ajoyib. Sharoitlar zo'r. Qisqasi menga maqul keldi. 

- Muxlislarga o'zimni eslatib qo'yish vaqti keldimi? Xudo xohlasa hammasi joyiga qaytadi. O'zim ham shuni o'ylamoqdaman. Mashg'ulotlarda astoydil ishlab, sport formaga kirib olaman. Albatta bu menga maydonga qaytish uchun katta motivaciya.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia