21 yoshli hujumchi, safarda yutgan murabbiy, 34 yoshli legioner va supergolini nishonlamagan futbolchi - Superligada 9-tur laureatlari

Narzulla Saydullayev
25 apr 2026, 13:40
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 9-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi darvozaboni - Nikola Mirkovich ("So'g'diyona")

“So'g'diyona” yakuniga etgan turda “Navbahor” bilan bahs yuritib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Shu kuni jizzaxliklar darvozaboni Nikola Mirkovichning hissasi katta bo'ldi. U bahsda naqd 3 ta seyvni amalga oshirdi, shundan 2 tasi jarima maydoni ichidan yo'llangan zarbadan keyin sodir bo'ldi. Shunday qilib, Championat.asia sayti aynan Nikola Mirkovichni tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rdi.

darvozabon.png

Championat.asia sayti talqinida 9-turning eng yaxshi murabbiyi - Islom Ahmedov (“Andijon”)

“Andijon” bu turda Toshkentda “Bunyodkor” bilan to'qnash kelib, safardan 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. “Burgutlar” bu mavsum ilk bor safardagi bahsda 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Bu g'alabani yaqindagina jamoani qabul qilib olgan yosh murabbiy boshchiligida qo'lga kiritildi. Shu tariqa, Islom Ahmedov Championat.asia sayti tomonidan tur murabbiyi deb topildi.

murabbiy.png

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi futbolchisi - Akmal Muzaffarov (“Qizilqum”)

“Qizilqum” bu turda o'z uyida “Qo'qon-1912”dan ustun keldi. Uchrashuv Akmal Muzaffarovning benifisiga aylanib ketdi. 21 yoshli hujumchi faoliyatidagi eng yorqin o'yinlaridan birini o'tkazib, dublni rasmiylashtirdi. E'tiborlisi bu gollar Muzaffarov uchun O'zbekiston chempionatidagi dastlabkilari bo'ldi. Championat.asia ijodkorlari Akmal Muzaffarov tur futbolchisi deya etirof etdi.

futbolchi.png

Championat.asia sayti talqinida 9-turning eng chiroyli goli muallifi - Imeda Ashortia (“Andijon”)

Yil boshida "Bunyodkor"dan "Andijon"ga o'tgan Imeda Ashortia 9-turda "Bunyodkor" darvozasiga supergol urdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida uzoq masofadan chiroyli gol urgan Ashortia sobiq klubi hurmati uni nishonlagani yo'q. Championat.asia sayti Ashortiani 9-turning eng chiroyli goli muallifi deb topdi.

gol.png


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia