"Navbahor" sobiq futbolchisi Bolgariyaga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
7 sen 2026, 15:40
Namanganning "Navbahor" jamoasi sobiq a'zosi Katulondi Kati faoliyatini Bolgariya chempionatida davom ettiradi.

26 yoshli kongolik markaziy hujumchi Sofiyaning "Lokomotiv" klubi bilan o'zaro kelishuvga erishib, ikki yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lum qilinishicha, Bolgariya klubi rahbariyati allaqachon yangi futbolchi uchun ishchi vizasini rasmiylashtirish jarayonini boshlab yuborgan. Sofiyaliklar murabbiylar shtabi terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan so'ng kongolik legionerning xizmatlaridan to'laqonli foydalanishni maqsad qilgan.

Ma'lumot o'rnida, kongolik legioner joriy mavsumning birinchi davrasida "Navbahor" tarkibida umumiy hisobda 12 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Xususan, O'zbekiston Superligasida 10 ta bahsda 1 ta gol urgan bo'lsa, O'zbekiston Kubogi doirasidagi 2 ta o'yinda ham 1 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

photo_2026-09-07_15-31-29.jpgphoto_2026-09-07_15-31-29 (3).jpgphoto_2026-09-07_15-31-29 (2).jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia