Suhrob Nurulloev: "Raqib va o'yin qayerda bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz"

Narzulla Saydullayev
21 okt 2021, 16:26
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi OFK kubogi Interzonal finalida o'z maydonida "Li Man"dan ustun keldi (3:2).

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Nasaf" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab o'yin haqida taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. "Nasaf" birinchi bo'limning o'zida uchrashuv masalasini hal qilishi mumkin edi...

- Uchrashuvning ilk daqiqalardan boshlab tashabbusni qo'limizga oldik. To'p nazorati ham biz tomonda edi, desam yanglishmagan bo'laman. Tezkor gol ruhiy jihatdan biz uchun yaxshi bo'ldi. Birinchi bo'limda gi ustunlikni hisobda aks ettirib, murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bajarib yaxshi kayfiyatda tanaffusga yo'l oldik.

- Avvalgi bosqichdagi uchrashuvlarda jamoa tezkor goldan so'ng yana gol urishga, hujumkorlikni oshirishga e'tibor qaratgandi. Balki bu safar biroz salbiy ta’sir qildimi? Shunday jamoalar borki tez gol o'tkazib yuborsa ham o'z o'yinini yo'qotmaydi...
- Yo'q, unday o'ylamayman. Oldin tezkor goldan so'ng yuzaga kelgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olgandik. Kecha esa buning aksi kuzatildi.

- "Nasaf" finalda boshqa darajadagi jamoa bilan boshqa maydonda to'qnash keladi...
- Bizning maqsadimiz bitta - chempionlik. Raqib va o'yin qayerda bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun o'ynaymiz.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia