Luchano Spalletti A Seriya tomonidan aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Aprel oyida u boshqaruvidagi "Yuventus" 4 o'yin o'tkazdi va biror marta mag'lub bo'lmadi: "Jenoa" (2:0), "Atalanta" (1:0) va "Bolonya" (2:0) mag'lub etildi va "Milan" (0:0) bilan durang o'ynadi.
Turinliklar A Seriya jadvalida 4-o'rinda borishmoqda.