Slaven Bilich yaqin vaqtlar ichida murabbiylikka qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 dek 2020
Yaqindagina "Vest Bromvich"dan iste'foga chiqqan Slaven Bilich ishga qaytishga yaqin turibdi.

"Goal" xabariga ko'ra, unga ayni damda "Seltik"dan jiddiy taklif bo'lmoqda. Klubdagilar jamoaning o'yin uslubini yanada yaxshiroq qilib, kelasi mavsumda chempionlikni qo'lga kiritishini istamoqda. Shu sababdan Nil Lennon ishdan ketishi kutilmoqda.

Ayni damda "Seltik" Shotlandiya chempionatining 2-pog'onasida ketmoqda. Jamoa peshqadam "Reynjers"dan 16 ochko ortda qolmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal