"Manchester Yunayted" futbolchisi faoliyatini "Vest Bromvich"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 avg 2025
"Vest Bromvich" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Tobias Kollierga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi 1 yil ijarada o'ynashi mumkin. Qayd etilishicha, shartnomada futbolchini sotib olish bandi mavjud emas, chunki mankunianliklar uni klubning kelajagi deb biladi va sotish niyatida emas.

Kollier o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 6 o'yin o'tkazishga ulgurdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports