Slotning "Liverpul"dagi yordamchisi Chempionship jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025
Manbaga ko'ra, "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slottning assistenti Jon Xeytinga "Vest Bromvich" boshqaruvini qo'lga olish uchun favorit bo'lib turibdi.

Avvalroq Karlos Korberan Chempionship klubini tark etib, La Liga jamoasi "Valensiya"da ishlashga ketgandi.

Qayd etilishicha, "Vest Bromvich" Xeytingani Angliya Premer-ligasiga qaytara oladigan shaxs sifatida ko'rmoqda. Jamoa 23 uchrashuvdan so'ng 35 ochko bilan Angliyaning ikkinchi kuchli divizionida 8-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail