Shveytsariya chempionati. “Lugano” mehmonda g'alabaga erishdi, Karimov maydonga tushdi

30 avg 2026, 19:13
Shveytsariya Superligasi 5-tur doirasidagi “Son” - “Lugano” o'yini bo'lib o'tdi.

“Lugano” safida o'zbekistonlik futbolchi Behruz Karimov o'yinning 75-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Qayd etish kerakki, hamyurtimiz 90+1 daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bahs esa “Lugano”ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoa hozirda Shveytsariya chempionatida 4 ta o'yinda 4 ta g'alaba qozongan holda birinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia