"Paxtakor" nazorat o'yinida Tojikiston klubini mag'lub etdi

15 noya 2026, 20:18
FIFA kunlari sababli klublar futbolida tanaffus yuzaga keldi.

“Paxtakor” FIFA kunlarida Tojikistonning “Xo'jand” jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazdi.

Qibrayda o'tgan bellashuvda “sherlar” 5:1 hisobida zafar quchdi. Chinedu, Resan, Murodov va Sharofiddinovning dubli bahsda “Paxtakor”ning yirik g'alabasini taminladi.

Nazorat o'yini

“Paxtakor” - “Xo'jand” (Tojikisto) 5:1

Gollar: Chinedu, Resan, Murodov, Sharofiddinov (dubl).

O'xshash yangiliklar


Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати