O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bosh murabbiyning kelajagiga oydinlik kiritdi

15 noya 2026, 19:35
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Georgios Donisning kelajagi yuzasidan o'z poziciyasini ma'lum qildi.

Kooora nashrining xabar berishicha, federatsiyadagi rasmiy manba grek mutaxassisi yaqin vaqt ichida o'z lavozimida ishlashda davom etishini tasdiqlagan.

Donisning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyul oyida yakunlanadi. Osiyo kubogi muddati o'zgartirilgani sababli murabbiyning kelajagi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Mutaxassis Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi g'alabadan (3:2) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida bu masalaga munosabat bildirdi.

"Osiyo kubogi qoldirilganidan keyin murabbiylar shtabimga shartnomamiz musobaqaning yangi sanasidan oldin tugashini aytdim. Shundan so'ng turli mashhur murabbiylarning ismlari tilga olina boshlandi. Bunday mish-mishlar hech qanday foyda keltirmaydi.

Mish-mishlar shaxsan menga ta’sir qilmaydi, ammo jamoaning ichki muhitiga zarar etkazadi. Biz bilan birga ishlayotganlar qanchalik mehnat qilayotganimizni yaxshi bilishadi", – dedi Donis.

Murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2027 yilgi Osiyo kubogida ham boshqarish istagini bildirgan. Shuningdek, u kelgusi yil mart oyidagi yig'in va keyingi musobaqalarga tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 17 noyabr kuni Dohada O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kooora