Shvaynshtaygerning fikricha, Germaniyaning muvaffaqiyatsizliklari Gvardiolaga bog'liq

Aziz Tukhtamuradov
7 iyul 2023, 09:40
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger terma jamoa o'yinidagi omadsizliklar sababini aytdi.

"O'zgarishlar ko'payib ketdi deb o'ylayman. Gvardiola "Bavariya"ga o'tganida, barcha biz ham qisqa uzatmalar orqali futbol o'ynashimiz kerak deb hisobladi. Biz qadriyatni yo'qotib qo'ydik. Boshqa mamlakatlar Germaniyaga jangchi sifatida qarashardi. So'nggi 7-8 yilda biz kuchli jihatlarimizni yoddan chiqardik. Biz chiroyli pas berishga ko'p e'tibor qaratib yubordik. Bu muvaffaqiyatsizligimiz sabablaridan biri", - dedi Shvaynshtayger. 

Eslatib o'tamiz, so'nggi jahon chempionatida Germaniya guruhda qolib ketgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: talkSPORT