Shvaynshtayger: "De Xeaga Noyer boshqa darajada ekanligini aytganimda xafa bo'lgandi"

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2023
Germaniya terma jamoasi safida jahon chempioni, "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea bilan ro'y bergan holat haqida gapirdi.

"Men "Manchester Yunayted"ga ilk bor o'tganimda, de Xea: "Menga ayting-chi, men Noyerdan yaxshiroqmanmi?" deb so'radi. Men: "Yo'q, unday emas. U boshqa darajada", dedim. 

David g'azablandi, lekin men nima uchun shunday deb o'ylayotganimni tushuntirdim. De Xea har safar omadli o'yin o'tkazganida, menga yana shu savolni berdi, lekin men o'zgaruvchan emasdim", – dedi Shvaynshtayger.

Shvaynshtayger 2015 yildan 2017 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan, shundan so'ng "Chikago Fayr"ga o'tgan va ikki yildan so'ng professional faoliyatini yakunlagan. "Qizil iblislar" lageriga o'tishdan oldin nemis 15 yil davomida "Bavariya" ranglarini himoya qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC