“Shunchaki, ovozingni o'chir”. “Chelsi”ning sobiq himoyachisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi

Khoja
5 mar 2024
“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Frank Lebyof “Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati 1 ligadan yaxshiroq degan gaplariga javob qaytardi.

“Krishtianu Ronalduning Saudiya chempionati Liga 1 dan yaxshiroq degan so'zlari meni g'azablantirdi. Nima uchun u Portugaliya chempionati haqida emas, Liga 1 haqida gapirishga qaror qildi deb o'ylaysiz? Buning sababi Lionel Messi Liga 1 da o'ynagan.

Men uni futbolchi sifatida juda hurmat qilaman, lekin shunchaki, ovozingni o'chir! Bu Liga 1 uchun hurmatsizlik”, - deya Frank Lebyof so'zlarini keltiradi Goal.


KhojaMuallif
Manba: championat.com