"Sho'rtan" futbol maktabida bolalar kuniga bag'ishlangan futbol festivali o'tkazildi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 17:00
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Sho'rtan" futbol maktabida bolalar futbol festivali tashkil etildi.

Mazkur festivalda G'uzor tumanidagi BO'SM jamoalari hamda futbol maktablari jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada jami 10 ga yaqin jamoa qatnashib, yosh futbolchilar o'z mahoratlarini namoyish etishdi.

10.jpg11.jpg12.jpg13.jpg14.jpg15.jpg

Festival davomida "Sho'rtan" futbol maktabi murabbiylari tomonidan selekciya ishlari olib borildi. Istedodli va istiqbolli yosh futbolchilar kuzatilib, ularning salohiyati baholandi.

Bunday musobaqalar yosh avlodni sportga keng jalb etish, futbolni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda kelajakda malakali futbolchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

16.jpg17.jpg18.jpg19.jpg20.jpg21.jpg22.jpg23.jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати