"Chelsi" qishda Enco Fernandesning o'rniga o'yinchi sotib olish uchun 100 mln evro to'lashga tayyor

4 sen 2026, 09:40
"Chelsi" kelayotgan qishda Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda va unda klubni tark etgan Enco Fernandesga o'rinbosar ko'rmoqda.

"Ko'klar" 23 yoshli futbolchining transferi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" Barriosni sotishga oshiqmayapti. Futbolchining shartnomasida 500 mln evro miqdorida tovon puli bandi bor.

O'tgan mavsumda Barrios sirasiga 35 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ijrochining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es