"Lugano" bosh murabbiyi: "Boshidan oxirigacha ko'rsatgan o'yinimiz menga maqul keldi"

4 sen 2026, 10:05
"Lugano" bosh murabbiyi Mattia Krochi-Torti kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugun “Lugano”ning boshidan oxirigacha ko'rsatgan o'yini menga maqul keldi. Birinchi bo'limda odatdagidan sekinroq harakat qildik va raqib himoyachilarini ortda qoldirishga qiynaldik. Ammo o'yin rejamiz ikkinchi bo'limda zaxiradan tushadigan futbolchilar hisobiga suratni oshirishni ham ko'zda tutgandi.

Bugun zaxiradan maydonga tushganlar ajoyib harakat qilishdi, bir hafta ichida zaxira o'yinchilari evaziga yutib olingan uchinchi uchrashuv. Bu jamoaning oxirigacha o'ziga ishonishi va jasoratga ega ekanini ko'rsatadi. Men bundan juda xursandman.

O'xshash yangiliklar


Manba: fclugano.com