

"Shaharliklar" APLning 10-turida "Nottingem Forest"ga imkoniyatni boy berishdi (1:3). Bunga qadar jamoa "Brayton" (0:1) va "Aston Villa"ga (1:2) qarshi bahslarda ham mag'lubiyatga uchragan edi.
"Hatto g'alaba qozonganimizda ham meni doim nimadir tashvishga soladi! Bizga muvozanat kerak: biz ketma-ket ettita o'yinda zafar quchdik, endi esa qatorasiga uchtasida imkoniyatni boy berdik - bu yerda balans zarur. Xalqaro tanaffus vaqtida nimani yaxshilashimiz mumkinligini tushunib olishimiz va undan so'ng barchasini boshqatdan boshlashga harakat qilishimiz kerak", - dedi Mareska.



