Senegal terma jamoasi yetakchilari JCHdan chetlashtirilishi mumkin

Khoja
21 yanv 2026
Afrika Kubogi finalida penalti belgilanganidan keyin maydonni tark etgan Tyav, Mendi, Jekson, g'alaba gol muallifi Guye va boshqa futbolchilar va murabbiylarni 4-6 o'yinli diskvalifikaciya kutib turibdi.

Hakamning VAR orqali, asosiy vaqt tugash arafasida penalti belgilash qaroridan g'azablangan  futbolchilar maydonni tark etishadi, Mane esa ularni qaytarishga majbur bo'ldi. Shu bilan birga, agar jamoa maydonga qaytmaganida, u JCHdan butunlay chetlatilgan bo'lar edi, endi Senenal JCHda asosiy o'yinchilarisiz qolish xavfi bor. 

Senegal, shuningdek, muxlislarning xatti-harakati tufayli 50-100 ming € jarima to'lashi va bo'lajak uy o'yinlarini tomoshabinlarsiz o'tkazishga majbur bo'ladi.

Marokko allaqachon FIFA va AFKni o'yin so'ngidagi xolatni ko'rib chiqish va ehtimol finalni qayta o'tkazish talablari bilan sudga bergan. Turnir mezbonlari Senegalning maydondan chiqib ketishi ularning terma jamoasi futbolchilariga ta’sir qildi, deb hisoblaydilar.


KhojaMuallif
Manba: T.me/Footbalekspress1